Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

JSST xavotirda: maymun chechagi tobora keng tarqalmoqda

A A A
JSST xavotirda: maymun chechagi tobora keng tarqalmoqda

Keyingi oylarda dunyoda mpox (maymun chechagi) virusi yana faollashgan. Epidemiya o‘choqlari aniqlangan mamlakatlar soni — 26 ta. Kasallanish ko‘rsatkichlari Afrika, Yevropa, Janubiy va Shimoliy Amerika mintaqalarida, ayniqsa, yuqori.

Xastalikning yangi shtammidan Kongo Demokratik Respublikasi aholisi eng ko‘p aziyat chekyapti. Ular orasida bolalar ham ko‘p. Shu tufayli mamlakatda kichik yoshli bemorlar o‘rtasida o‘lim darajasi 10 foiz oshgan.

Xavotirli jihati, epidemiya boshqa mintaqalar bo‘ylab ham tarqalishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa buning oldini olish harakatida.

Xususan, kecha JSST rahbari Tedros Gebreyesus mazkur xavf omili tufayli tashkilotning xalqaro mustaqil ekspertlardan tarkib topgan favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishini chaqirishga qaror qildi.

Ushbu yig‘ilishda epidemiyaning global xavf darajasi tahlil qilinib, uni sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda holat, deb e’lon qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, maymun chechagi epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan so‘nggi favqulodda holat 2022 yilning iyulidan 2023 yil may oyigacha davom etgandi.

Kiritildi: 10:00 09.08.2024. O'qildi: 1179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!