Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

Dunyoda infeksiyalarning antibiotiklarga chidamli turlari ko‘paymoqda. Bu esa insoniyat hayoti, salomatligi va epidemiologik vaziyat uchun jiddiy tahdiddir.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus o‘z bayonotida ushbu global muammo haqida to‘xtalib, superbakteriyalar sayyoramiz bo‘yicha har yili 1,3 million kishining o‘limiga sabab bo‘layotganini qayd etdi.

Dorilarga chidamli bakteriya, virus, zamburug‘ va parazitlar ko‘payishi qator xastaliklarni davolash jarayonini qiyinlashtiradi yoki muolaja imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Shu tariqa superbakteriyalar paydo bo‘lishi jadallashishi mumkin.

JSST rahbari bu muammoga qarshi kurashishda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Mikroblarga qarshi chidamlilik bo‘yicha siyosiy deklarasiyada belgilangan ustuvor maqsadlar dasturilamal bo‘lishini qayd etdi.

Buning uchun hukumatlar sa’y-harakatlarni faollashtirish, hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz: ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilgacha dori-darmonlarga chidamli infeksiyalar 39,1 million insonning hayotiga zomin bo‘lishi, qolaversa, bu bilan bog‘liq patologiyalar tufayli 169 million o‘lim holati yuz berishi prognoz qilinmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:42. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!