Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus Olmaotaga keldi

 JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus Olmaotaga keldi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus norasmiy tashrif bilan Almatiga keldi, deya xabar bermoqda Kazinform.

JSST rahbari Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Ajar G‘iniyat bilan birgalikda shahar meri Yerbolat Dosayev bilan uchrashdi, so‘ngra S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq Milliy tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.

«Tedros Gebreyesus Qozoq Milliy tibbiyot universiteti muzeyida universitet tarixi bilan tanishdi. Rektor Marat Shoranov Qozog‘istondagi eng qadimgi tibbiyot universitetining sog‘liqni saqlashni rivojlantirish va koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab berdi» — deyiladi universitet matbuot xizmati xabarida.

JSST bosh direktori universitetning faxriy mehmonlari kitobida dastxat qoldirdi. Akademik Sharmanov nomidagi Shon-sharaf zalida Tedros Gebreyesus Qozog‘iston fan va tibbiyotining yetakchi namoyandalari – Qozoq Milliy tibbiyot universiteti professorlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda doktor dunyodagi epidemiologik vaziyatning rivojlanishi haqidagi savollarga javob berdi.

Kiritildi: 06:42 04.08.2022. O'qildi: 1667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!