Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qilishicha, Ruandada 13 kishi Marburg isitmasidan vafot etgan.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, shu kungacha mamlakatda jami 58 ta kasallik holati qayd etilgan.
"O‘lim holatlari 22% ni tashkil qiladi", deyiladi nashr.
Qayd etilishicha, isitma bilan kasallanganlar orasida 15 nafari tuzalib ketgan.