Isroil 2 martdan beri G‘azoga insonparvarlik yordami olib kirishni to‘xtatganidan so‘ng, anklavda 57 nafar bola vafot etdi. Ehtimol, ularning soni ko‘payadi, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bayonotida.
G‘azo sektorida qariyb 500 ming kishi ochlikdan halokatli azob chekmoqda. Agar vaziyat o‘zgarmasa, yaqin 11 oy ichida besh yoshgacha bo‘lgan 71 mingga yaqin bola o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekadi, deya ta’kidlaydi JSST.
"Oziq-ovqat va asosiy tovarlardan zudlik bilan foydalanish imkoni bo‘lmasa, vaziyat yomonlashishda davom etadi, bu esa yangi o‘limlar va ocharchilikka olib keladi," - dedi JSST bosh direktori Adxanom Gebreesus. Uning ta’kidlashicha, odamlar och, kasal va halok bo‘lmoqda, oziq-ovqat va dori-darmonlar esa G‘azo sektoridan bir necha daqiqalik masofada joylashgan.