Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

JSST dasturidagi vaksinalarni birinchi bo‘lib kimlar va qachon oladi?

JSST dasturidagi vaksinalarni birinchi bo‘lib kimlar va qachon oladi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Sovax nomini olgan emlash vositalarini taqsimlash dasturiga bugungi kungacha 156 mamlakat qo‘shildi. Bu haqda tashkilot vakillari dushanba kuni xabar qildilar.

Ro‘yxatdan 64 ta boy mamlakat ham o‘rin olgan.

JSST dasturining rejasiga ko‘ra, 2021 yilning oxiriga borib butun dunyoda 2 milliardga yaqin vaksina tarqatiladi. Birlamchi o‘rinda emlash vositalarini sog‘liqni saqlash xodimlari oladi. Ulardan keyin esa vaksinalar dasturga a’zo mamlakatlarning nisbatan zaif fuqarolariga taqdim qilinadi.

AQSh ushbu dasturga a’zo bo‘lmagan. Ushbu mamlakat vaksinalarni ikki tomonlama kelishuvlar orqali o‘z mablag‘lariga xarid qilmoqchi.

 


 

 

Kiritildi: 21:35 22.09.2020. O'qildi: 2034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!