Isroil havo kuchlari Suriyadagi kimyoviy qurol zavodiga hujum qildi. Bu haqda The Jeruasalim Post xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, bu xabar dastlab arab OAVlari tomonidan tarqatilgan, JPost hozirda bu ma’lumotlarni o‘zining noma’lum manbalari orqali tasdiqlagan.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, zarba nishoni Bashar al-Asad hukumati qo‘llagan kimyoviy qurol zavodi bo‘lgan. Isroil ob’ekt qurolli musulmonlar qo‘liga o‘tishidan qo‘rqib, bu zarbani amalga oshirdi, deb yozadi gazeta.
Isroil armiyasi TASS muxbirining Suriya hududiga zarbalar berilgani haqidagi iddaolar haqidagi so‘roviga hozircha javob bermadi.