Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo Turkiyaning "Fenerbaxche" klubini tark etib, Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin.
"Special One" "Nottingem Forest"ni boshqarish uchun nomzodlar qatoridan joy oldi. "O‘rmonchilar" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu transfer siyosati tufayli klub rahbariyati bilan ziddiyatga bordi. Agar "Nottingem" murabbiyni almashtirishga qaror qilsa, "Fenerbaxche"ni Mourinyoni qo‘yib yuborishga ko‘ndirishlari mumkin.
Joze o‘tmishda "Chelsi" bilan 3 marta Angliya chempioni bo‘lgan, "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublariga ustozlik qilgan.