Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Joriy yilning 6 oyi davomida O‘zbekistonda 97 nafar bola YTHda halok bo‘ldi

Joriy yilning 6 oyi davomida O‘zbekistonda 97 nafar bola YTHda halok bo‘ldi

Bu haqda Senatning 29-yalpi majlisida ichki ishlar vazirining 2022 yilning birinchi yarim yilligida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotida qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, Respublika hududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish ishlari ham bugungi kun talabi darajasida tashkil etilmagan.

Xususan, joriy yilning o‘tgan 6 oyida bolalar bilan bog‘liq 595 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 529 nafar bola jarohatlangan, 97 nafari halok bo‘lgan.

Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Kiritildi: 16:28 06.08.2022. O'qildi: 1294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!