Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Joriy yilda 11 993 nafar xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berildi

A A A
Joriy yilda 11 993 nafar xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berildi

AOKAda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘tgan olti oy mobaynida xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha erishilgan natijalar haqida ma’lumot berildi:

Shuningdek, hisobot davrida 14 100 nafar magistraturada o‘qiyotgan talaba qizlarning 153,4 mlrd. so‘m kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi.

2023 yil boshidan shu kunga qadar 235 mingdan ziyod xotin-qizlar bandligi ta’minlandi. Shundan 106 123 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 43 124 nafari jamoat ishiga jalb etildi.

Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 1 000 680 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritildi. Hozirgi kunda 719 697 (71,9%) nafariga yordam ko‘rsatildi.

996 nafar xotin-qizlarning uy-joy bilan ta’minlash, shuningdek, boshlang‘ich to‘lovini to‘lash orqali sharoitlarini yaxshilash choralari ko‘rildi.

2023 yil boshidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 18 704 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berildi.

Kiritildi: 17:11 25.07.2023. O'qildi: 1451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!