Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Joriy yil aholini suv bilan ta’minlash uchun 278 mln dollar qarz olish belgilangan

A A A
Joriy yil aholini suv bilan ta’minlash uchun 278 mln dollar qarz olish belgilangan

Joriy yilda aholini ichimlik suvi va markazlashgan oqova suv bilan ta’minlashga 22 ta loyiha doirasida 278 mln dollar qarz mablag‘lari o‘zlashtirilishi belgilangan.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zsuvta’minot"AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ichimlik suvi ta’minoti yo‘nalishida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar haqida ma’lumot berdi:

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida 106 mln 700 ming dollar investisiyalar o‘zlashtirilib, prognoz 101,2 foizga bajarildi.

O‘tgan 6 oy mobaynida 103,5 km ichimlik suvi tarmog‘i, 1 ta suv taqsimlash inshooti hamda 3,5 km oqova suv tarmog‘i va 2 ta oqova suv nasos stansiyasi qurildi.

Joriy yilda xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar doirasida 300 km ichimlik va 80 km oqova suv tarmog‘i hamda 14 ta ichimlik va 19 ta oqova suv inshooti quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Kiritildi: 18:49 18.07.2023. O'qildi: 1539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!