Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Joriy o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand viloyatlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etildi

 Joriy o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand viloyatlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etildi

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjmunida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli bilan bog‘liq jarayonlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

⏺Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda hamda hududlardagi barcha Prezident maktablarida har kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydigan Murojaatlar markazi (call-center) faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Fuqarolar murojaatlar markazi bilan 1206 qisqa raqami orqali bog‘lanishlari mumkin.

⏺Shuningdek, maktablarga hujjatlar qabuli joriy yilning 1-20 iyun kunlarida hamda kirish imtihonlari iyul oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

⏺Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida 336 nafar, ijod maktablarining 7-sinfiga 400 nafar hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinfi (aniq fanlar yo‘nalishi)ga va 7-sinfi (tabiiy fanlar yo‘nalishi)ga 7 960 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi.

⏺Tizimdagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy ariza.piima.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

⏺Talabgorlar faqat ta’lim olayotgan maktabining hududida, ya’ni viloyatida joylashgan Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirishi mumkin (tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar bundan mustasno).

⏺Hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablardan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

⏺Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi.

Kiritildi: 18:22 30.05.2024. O'qildi: 1688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!