Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Jordan Xenderson keyingi mavsumda mersisaydliklar safida qolishga qaror qildi

A A A
Jordan Xenderson keyingi mavsumda mersisaydliklar safida qolishga qaror qildi

"Liverpul" sardori Jordan Xenderson keyingi mavsumda mersisaydliklar safida qolishga qaror qildi.

Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Stiven Jerrard boshqaruvidagi Saudiyaning “Al-Ittifoq” klubiga o‘tmaydi. Xabarlarga ko‘ra, Xenderson boshqa klublarning qiziqishiga qaramay, bor e’tiborini "Liverpul"da o‘ynashga qaratgan. Yarim himoyachining so‘zlariga ko‘ra, uning ingliz grandi uchun o‘yini Garet Sautgeytning bo‘lajak Yevropa chempionati - 2024 uchun qaydnomasiga kirishga yordam beradi.

Jordan Xenderson 2011 yildan buyon “Liverpul” safida to‘p tepmoqda. "Qizillar" tarkibida yarim himoyachi Chempionlar ligasi, Angliya Premyer-ligasi, shuningdek, barcha mumkin bo‘lgan kubok musobaqalarida g‘olib chiqdi.

Kiritildi: 20:44 12.07.2023. O'qildi: 1438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!