Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Jordan Bardella 2027 yilgi Fransiya prezidentligi saylovlarida qatnashishga tayyorligini e’lon qildi — OAV

Jordan Bardella 2027 yilgi Fransiya prezidentligi saylovlarida qatnashishga tayyorligini e’lon qildi — OAV

Fransiyaning o‘ta o‘ng “Milliy birlashuv” partiyasi yetakchisi Jordan Bardella, agar Marin Le Pen 2027 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok eta olmasa, o‘z nomzodini ilgari surishga tayyor ekanini bildirdi.

"Hozir eng muhimi — birdamlikni saqlab qolishdir. Marin Le Pen mening nomzodim ekanligiga ishonchim komil. Agar ertaga unga saylovda qatnashish imkoniyati berilmasa, men prezidentlikka o‘z nomzodimni qo‘yishimni e’lon qilmoqchiman", — dedi siyosatchi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning o‘ta o‘ng “Milliy birlashuv” partiyasi yetakchilaridan biri hisoblanuvchi Marin Le Pen va ushbu partiyaning yana sakkiz nafar a’zosi Yevroparlament deputatlariga ajratilgan mablag‘larni soxta yordamchilarni yollash orqali suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topilgandi.

Parij sudi qaroriga ko‘ra, Le Penga to‘rt yil ozodlikdan mahrum etish jazosi berildi. Bundan tashqari, unga besh yil davomida saylovlarda ishtirok etish taqiqlangan.

Kiritildi: 00:18 28.04.2025. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!