Shaxmat eng kuchli aqliy sport turi sifatida dunyoga tanilgan. Bu o‘yin qachonlardir jonli "toshlar" yordamida o‘ynalganidan xabardormisiz?
Tarixda shaxmat o‘yinining teatrlashtirilgan tomoshasi mavjud bo‘lib, jonli shaxmat deb atalgan. O‘yin ochiq hududlar, masalan, shahar maydonida, stadionda belgilangan katta shaxmat taxtasida yoki shu maqsadda moslashtirilgan xonada o‘ynalgan.
Birinchi hujjatli dalillar 1408 yil Grenadagi arab hukmdori Sulton Muhammad saroyida "jonli shaxmat" taqdimoti bo‘lib o‘tganini ko‘rsatadi.
Evropada "jonli shaxmat"ni XVI asrning ikkinchi yarmida avstriyalik harbiy boshliq Don Xuan va italiyalik shaxmatchi Paolo Boi o‘ynagan.
Rocsiyada Shvesiya qiroli Gustav IV ning Peterburgga kelishi (1796) munosabati bilan mamlakat saroyida birinchi "jonli shaxmat" o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Ommaviy "jonli shaxmat" birinchi marta 1897 yilda Sankt-Peterburg velodromida namoyish etilgan. Bunda o‘yin 5 soat davom etgan va durang natija qayd etilgan.