Vashington va Pekin AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Jinpin o‘rtasida sammit o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda deb xabar bermoqda The Wall Street Journal
Shuningdek, tayyorgarlik doirasida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifening AQShga tashrifi rejalashtirilgani xabar qilingan.
Nashrning yozishicha, Van I oktyabr oyidayoq AQShga tashrif buyurishi mumkin.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Si Jinpin noyabr oyida San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida ishtirok etish uchun Qo‘shma Shtatlarga tashrif buyurishi mumkin.