Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxlik erkak qaynotasining uyida xotinini pichoqladi

A A A
Jizzaxlik erkak qaynotasining uyida xotinini pichoqladi

Zarbdor tumani Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan I.B. spirtli ichimlik ta’sirida tumanning Toshkesgan mahallasida yashovchi qaynotasinikiga yo‘l oldi. Uning maqsadi arazlab ketib qolgan turmush o‘rtog‘i, 1988 yilda tug‘ilgan M.A.ni uyiga qaytarish edi. 

Ammo yigit qaynotasinikida ham turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolgan. Natijada I.B.: “Mening shu ahvolga tushishimga sen sababchisan, hali oilang bilan javob berasan”, degancha o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘ini qorniga tiqadi. 

Erkak qorin bo‘shlig‘iga o‘tkir tig‘li jismning sanchilib kirishi tashxisi bilan Zarbdor tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.      

Kiritildi: 11:46 18.11.2020. O'qildi: 3993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik