Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda "ZIL" va "Nexia-3" to‘qnashdi. Qurbon bor

Jizzaxda "ZIL" va "Nexia-3" to‘qnashdi. Qurbon bor

19 may kuni soat 16:30 larda Paxtakor tumani hududidan o‘tgan Jizzax—Paxtakor—Do‘stlik—Gagarin—4R-35 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 41 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 Jizzax—Gagarin yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotganida shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan «ZIL-130» yuk avtomashinasiga urilishi natijasida YTH sodir etgan.

Avariya oqibatida Nexia-3 salonida bo‘lgan yo‘lovchi turli tan jarohatlari olgan, ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, yo‘l-transport hodisasi yuk avtomobili chapga manyovrni amalga oshirayotgan vaqtda orqa tomondan harakatlanib kelayotgan Nexia-3 uning orta kuzov qismiga kelib urilgan.

«Nexia avtomobilining tormoz izi salkam 45 metrni tashkil etmoqda, bu esa transport vositasining tezligi o‘ta yuqori bo‘lganidan dalolat beradi», — deydi viloyat IIB JXX YHXB katta inspektori Erkin Ochilov.

Kiritildi: 17:44 21.05.2022. O'qildi: 1790 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!