Byuroning Jizzax shahar bo‘limiga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining fuqaro H.H. hisobidan Mirzacho‘l tumani DSI foydasiga 31,8 mln .soliq qarzi hamda 1,3 mln. so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro varaqalari kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdorga tegishli barcha ko‘chmas mulklari hamda avtotransportlariga taqiq o‘rnatilgan hamda hisob raqamlariga band solingan.
Shundan so‘ng, ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida fuqaro H.H.ga tegishli «SHACMAN » rusumli yuk mashinasi qarzdorlik evaziga xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Natijada qarzdor tomonidan 31,8 mln so‘m soliq qarzi hamda 1,3 mln. so‘m davlat boji to‘liq qoplanib, ijro ishlari amalda tamomlandi.