Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda opa-singil fohishalar qo‘lga olindi (FOTO)

Jizzaxda opa-singil fohishalar qo‘lga olindi (FOTO)

Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Ittifoq mahallasidagi ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida fohishaxona faoliyat ko‘rsatayotganligi aniqlandi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Sharof Rashidov tumani, Ziyokor mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan M.T. va shu tumanning Saroylik mahallasida istiqomat qiluvchi, 1999 yilda tug‘ilgan M.A.lar Ittifoq mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan, turmushidan ajrashgan N.T. bilan yaqin aloqa qilayotgan vaqtda ushlangan.

Shuningdek, fohishaxonada Baxmal tumani, O‘smat shaharchasida ro‘yxatda turgan, turmushdan ajrashgan, 1995 yilda tug‘ilgan, N.X. hamda Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida ro‘yxatda turgan, turmushga chiqmagan 2002 va 2003 yillarda  tug‘ilgan opa-singil M.A. va O‘.A.lar ham bo‘lgan.

Jizzaxda opa-singil fohishalar qo‘lga olindi (FOTO)

Opa-singilning bildirishicha, Sharof Rashidov tumani, Toqchilik mahallasida yashovchi, turmushdan ajrashgan, 1982 yilda tug‘ilgan uy bekasi D.R. ularni qo‘rqitish yo‘li bilan fohishalik qilishga majburlagan.

Qo‘shmachi ayollarni muntazam urib, haqoratlagan, agarda fohishalik qilishdan bosh tortsa, oila a’zolari va mahalladoshlariga qilmishlari to‘g‘risida ma’lumot berishini aytib, bosim o‘tkazib kelgan. D.R. ayollarning xizmatini 100 ming so‘mga baholagan. Shuningdek, u “mijoz” topish hamda ayollarni “buyurtma” asosida yetkazish bilan shug‘ullangan.  

Aytgancha, ayblanuvchi ish topib berishni va’da qilib, ayollarni aldash yo‘li bilan chaqirib olgan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi asosida ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 21:15 02.05.2020. O'qildi: 24805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!