Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Jizzaxda mahbuslar koloniyadan qochib ketishdi

A A A
Jizzaxda mahbuslar koloniyadan qochib ketishdi

Joriy yilning 4 yanvar kuni 3-mintaqaviy hudud 30-son manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelgan mahkum A.K sog‘ligi sababli Zafarobod tumani Tibbiyot birlashmasining “Terapiya” bo‘limiga davolanish uchun yotqizilgan bo‘lishiga qaramasdan, soat 22.30 larda tibbiyot birlashmasidan ruxsatsiz, noma’lum tomonga ketib qolganligi aniqlangan. Xuddi shu kuni soat 23.15 larda muassasada o‘tkazilgan ko‘rik vaqtida mahkum M.N. ning ham koloniya hududida yo‘qligi aniqlangan.

Hozirda IIV huzuridagi JIED tomonidan ushbu mahkumlarni tartibbuzarlik sodir etib, belgilangan hududlardan ketib qolganliklari uchun qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:21 05.01.2023. O'qildi: 4420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!