Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Jizzaxda ko‘lvor ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi

Jizzaxda ko‘lvor ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘lvor ilonni tiriklay yegan fuqaro haqida xabarlar tarqaldi. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi Zomin tumani bo‘limi va IIB xodimlari tomonidan ushbu holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holat fuqaro Q. H. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Fuqaro bu harakati bilan O‘zbekiston Respublikasining "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonunining 4,30,51,53-moddalari talablarini buzgan.

Hozirda fuqaroga nisbatan MJtKning 90-modda 1-qismi bilan BHMning 20 baravari (7,5 mln.) miqdorida jarimaga tortilgan. Shuningdek, huquqbuzarga nisbatan 1 125 000 so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.
Kiritildi: 10:20 13.01.2025. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!