Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan “Metan zapravka” fosh etildi

Jizzaxda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan “Metan zapravka” fosh etildi

Jizzax viloyatida “O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirida Zarbdor tumanida joylashgan “R.G.M.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida elektr hisoblagich ko‘rsatgichlarini kamaytirish maqsadida ulanish sxemasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 8 mlrd 677 mln so‘mlik zarar yetkazgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kiritildi: 04:02 30.10.2024. O'qildi: 1187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!