Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, G‘allaorol tumani markazidagi savdo do‘koni atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.B. fuqaro E.ga jami 3 500 AQSh dollarini 39,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.