Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Jizzax viloyatida bu yil 4,5 ming xonadonli 118 ta uy-joy qurish reja qilingan

A A A
Jizzax viloyatida bu yil 4,5 ming xonadonli 118 ta uy-joy qurish reja qilingan

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda uy-joy va mahalla infratuzilmasini yaxshilash – doimo diqqat markazida bo‘lishi qayd etildi.

Xususan, bu yil viloyatda 4,5 ming xonadonli 118 ta uy-joy qurish reja qilingan.

Davlatimiz rahbari bu yetarli emasligini qayd etib, uy-joy qurilishini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi. Do‘stlik tumanidagi “barak” uylar o‘rnida yangi uy-joy qurish tajribasi asosida qolgan tumanlardagi 2 mingga yaqin eski uylar o‘rnida 50 ming xonadonli zamonaviy uylar qurish dasturini tasdiqlash topshirildi.

Zomin, Baxmal va Forishda ham uy-joy qurish dasturlari boshlanadi.

Kiritildi: 14:07 09.04.2024. O'qildi: 1087 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!