Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Jismoniy shaxslarga yo‘lovchi tashish huquqi beriladi

A A A
Jismoniy shaxslarga yo‘lovchi tashish huquqi beriladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga yo‘lovchi tashish huquqi beriladi. Bu 2020 yilgi Davlat dasturida ko‘zda tutilgan.

“Jismoniy shaxslarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqini berish bo‘yicha takliflarni kiritsin”, - deyilgan hujjatda.

Shuningdek, yuk tashishni amalga oshirishning boshlanishi to‘g‘risida xabardor qilish va yuklarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi transport vositalarini “onlayn” ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etiladi va avtomobil transportida yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish amalga oshiriladi.

Transport vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimida tashuvchilar faoliyatini monitoring va nazorat qilishning zamonaviy usullarini qo‘llashni hisobga olgan taklif kiritish topshirilgan.

Kiritildi: 10:53 03.03.2020. O'qildi: 6469 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!