Jinoyatchi Isroil harbiy samolyotlari so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektori bo‘ylab o‘nlab havo hujumlarini amalga oshirdi.
Armiya bayonotida aytilishicha, desantchilar brigadasi askarlari to‘rt nafar falastinlik jangchini o‘ldirgan, shuningdek, qo‘yilgan portlovchi qurilmalarni topib, yo‘q qilgan.
Jinoyatchi Isroil samolyotlari G‘azoning g‘arbidagi Sabra mahallasida HAMAS qurol-yarog‘ ishlab chiqarish sexi rahbarini o‘ldirgan.
Avvalroq xabar berganimizdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida shimoldagi shifoxonalardan tashqari, 60 ta jasad va yana 284 nafar yarador falastinlik boshqa shifoxonalarga olib kelingan.