Jey Di Vens Viktor Orbanning saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun Budapeshtga tashrif buyurdi.
Vengriya muxolifati yetakchisi Peter Madyar Jey Di Vensning tashrifiga munosabat bildirdi.
"Hech bir xorijiy davlat Vengriyadagi saylovlarga aralasha olmaydi", — deya bayonot berdi Madyar.
Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlangan qisqa videorolikda Jey Di Vensning bugungi tashrifini "tarixiy" deb atagan. Uning ta’kidlashicha, bu 1991 yildan beri AQSh vise-prezidentining ilk tashrifi va 2006 yilda kichik-Jorj Bush kelganidan beri Qo‘shma Shtatlarning eng yuqori martabali vakilining tashrifi hisoblanadi.
"Shubha yo‘qki, bu Vengriya-Amerika munosabatlari uchun oltin davr", — dedi Siyyarto.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi muzokaralarda migrasiya, global xavfsizlik, shuningdek, Vengriya va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy va energetika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.