Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Jenevada yadroviy muzokaralar davom etmoqda

Jenevada yadroviy muzokaralar davom etmoqda

Jenevada Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Eron o‘rtasida yadroviy masala bo‘yicha yopiq eshiklar ortidagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘arib-Obodiy ma’lum qildi.

Bu muzokaralar matbuot uchun yopiq tarzda o‘tadi. Tadbirlarning aniq joylashuvi va ishtirokchilar darajasi haqida ham xabar berilmagan.

Avvalroq G‘arib-Obodiy Eron va Yevropa o‘rtasida yadroviy kelishuv bo‘yicha maslahatlashuvlarning yangi raundi 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.

Eron va YEI-3 o‘rtasidagi so‘nggi yadroviy muzokaralar ikki yillik tanaffusdan so‘ng 2024 yilning 29 noyabrida Jenevada bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda Eron delegasiyasiga Eron tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Majid Taxt-Ravonchi boshchilik qildi.

Kiritildi: 13:53 13.01.2025. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!