Endi O‘zbekistonda "JEK"ka to‘lovni kechiktirganlar endi elektrga to‘lov qilishi cheklanadi.
“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida aytiladi.
2026 yilning 1 iyulidan ko‘p kvartirali uy mulkdori har oyning 15-sanasiga qadar majburiy to‘lovlarni amalga oshirmasa, qarzdorlik bartaraf etilmagunga qadar elektr energiyasi uchun to‘lovlar qabul qilinmaydi.
Shuningdek, har bir kechiktirilgan kun uchun jismoniy shaxslar uchun — 0,1 foiz, yuridik shaxslar uchun — 0,4 foiz, biroq bir oylik qarzning 50 foizidan oshmaydigan miqdorda penya hisoblanadi.
Hozircha chiqindi to‘lovini kechiktirganlik uchun shunday cheklov mavjud.