Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Jeffrey Epshteyn sanoat darajasidagi sulfat kislota bochkasini burtma qilganmi?

A A A
Jeffrey Epshteyn sanoat darajasidagi sulfat kislota bochkasini burtma qilganmi?

Buyuk Britaniya byurosining International Business Times gazetasi xabariga ko‘ra, 2018 yilda Jeffrey Epshteyn o‘z oroliga yetkazib berish uchun oltita 55 gallonli (1249 litr) sanoat darajasidagi sulfat kislota bochkasini buyurtma qilgan.

2018-yil 6-dekabrdagi "Epshteyn fayllari" — uning jinoiy ishi faylidan olingan hujjatda ushbu yetkazib berish uchun taxminan 5 000 dollar to‘lash so‘ralgan. Summaga shuningdek, yuk uchun yoqilg‘i va sug‘urta ham kiritilgan.

Maqolada ta’kidlanishicha, Epshteyn aynan bolalar jinsiy savdosi bo‘yicha FQB tergov boshlagan kuni sulfat kislota yetkazib berilishini buyurtma qilgan.

Sanoat darajasidagi sulfat kislota (texnik, GOST 2184-2013) kuchli, og‘ir yog‘li suyuqlik (93–98% H2SO4), rangsiz yoki sarg‘ish rangda, yuqori gigroskopiklik va oksidlovchi xususiyatlarga ega. Inson suyagini ham eritib, yo‘q qilib yuborishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 11:20. O'qildi: 470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!