Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

JCh qoidalari APLga o‘tmaydi

JCh qoidalari APLga o‘tmaydi

Jahon chempionati vaqtida ancha shov-shuvga sabab bo‘lgan hamda og‘zini qo‘li bilan to‘sgan futbolchilarni jazolashni ko‘zda tutgan qoida Angliya Premyer-ligasida qo‘llanilmaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatida xuddi shunday vaziyat uchun bir yo‘la ikki futbolchi — paragvaylik Migel Almiron hamda ekvadorlik Pyero Inkapye maydondan chetlatilgan edi. Jud Bellingem esa, aksincha, Ganaga qarshi o‘yinda jazolanmagan — hakam maydondagi vaziyatni nizoli emas deb topgan edi.

Shunga o‘xshash shov-shuvli epizod o‘tgan Chempionlar ligasining fevral oyidagi «Benfika» va «Real» o‘rtasidagi o‘yinida ham yuz bergan edi. O‘shanda lissabonliklarning himoyachisi Janluka Prestiani Vinisius bilan tortishuvda kaftini og‘ziga qo‘ygan, shundan so‘ng u gomofobiyada ayblanib diskvalifikasiya qilingan edi.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!