2026 yilda AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida jami 104 ta o‘yin o‘tkaziladi.
Yangi formatga ko‘ra, turnirda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Shu sababli uchrashuvlar soni avvalgi mundiallarga nisbatan sezilarli darajada oshadi.
Guruh bosqichida muxlislar 72 ta bahsga guvoh bo‘ladi.
Pley-off bosqichida esa 32 ta uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu tariqa Jahon chempionati umumiy hisobda 104 ta o‘yin bilan mundiallar tarixidagi eng katta turnir sifatida qayd etiladi.