Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

JCH-2026. Braziliya ilk uchrashuvda durang o‘ynadi

JCH-2026. Braziliya ilk uchrashuvda durang o‘ynadi

Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan o‘yinda Marokash bilan durang o‘ynadi — 1:1.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Marokash terma jamoasi hujumchisi Ismael Saybari hisobni ochdi. 32-daqiqada esa Braziliya terma jamoasi forvardi Vinisius Junior javob golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Braziliya bir ochko bilan JCH-2026 «C» guruhi turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Marokash ham (bir ochko) ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Guruh bosqichining 2-turida, 20 iyun kuni Braziliya Gaitiga qarshi, Marokash esa o‘sha kuni Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: Bugun 08:25. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!