Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

JCH-2018. Fransiya dastlabki yarim finalchiga aylandi

A A A
JCH-2018. Fransiya dastlabki yarim finalchiga aylandi

Jahon chempionatinining chorak finalidan o‘rin olgan Urugvay – Fransiya uchrashuvi yakuniga yetdi.

Qiziqarli o‘tgan bahsda Fransiya terma jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘llanma oldi.

Dastlab, himoyachi Rafael Varan 40-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida Antuan Grizman yo‘llagan zarba Urugvay posboning qo‘lidan chiqib ketib, darvoza to‘ridan joy oldi.

O‘yin so‘ngiga qadar boshqa gol kiritilmadi va shu tariqa Fransiya jahon chempionatida dastlabki yarim finalchiga aylandi.

JCH-2018. 1/4 final.

Urugvay – Fransiya 0:2.

Gollar: Varan (40), Grizmann (61).

Urugvay – Muslera, Godin, Ximenes, Kaseres, Nandes (Urretaviskayya, 73), Laksalt, Bentankur (Rodriges, 59), Torreyra, Vesino, Suares, Stuani (Maksi Gomes, 59).

Fransiya –Lyoris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Pogba, Kante, Tolisso (Nzonzi, 80), Grizmann, Jiru, Mbappe (Dembele, 88).

Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (33), Bentankur (38), Rodriges (69), Mbappe (69).

Manba: www.stadion.uz.

Kiritildi: 21:12 06.07.2018. O'qildi: 1635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik