Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Jaziramada eng yaxshi chanqoqni qondiradigan ichimlik ma’lum qilindi

Jaziramada eng yaxshi chanqoqni qondiradigan ichimlik ma’lum qilindi

Jazirama havoda eng yaxshi ichimlik bu ikki marta suv bilan aralashtirilgan olma sharbati hisoblanadi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya ichimliklarni ishlab chiqaruvchilar ittifoqi loyihasi rahbari Lyudmila Xomichga asosan xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, olma sharbati chanqoqni qondirib, organizmda tuz balansini tiklaydi. Ekspert kanadalik olimlar tadqiqotlar natijalariga asoslandi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, jazirama issiqlikda mevali va nordon sharbatlarni iste’mol qilish kerak. Ularni suv bilan aralashtirish zarur. Shuningdek, mutaxassis sabzavotli sharbatlar iste’mol qilishni maslahat berdi. Chunki ularda mevali sharbatlarga qaraganda shakar miqdori kamroq bo‘ladi.

Shu bilan birga, mutaxassislar kuniga uch stakandan ko‘p bo‘lmagan miqdorda sharbat ichishni tasviya qiladi.

 

Kiritildi: 09:07 05.06.2019. O'qildi: 1911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!