Angliyaning Manchester shahridagi "Co-Op Live Arena" majmuasida o‘tkazilayotgan professional boks oqshomida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Javohir Ummataliyev o‘zining navbatdagi g‘alabasini tantana qildi.
Havaskor boks bo‘yicha amaldagi jahon chempioni hisoblangan Ummataliyev yarim og‘ir vazn toifasida polshalik Damian Drabikka qarshi ringga ko‘tarildi. 6 raundga mo‘ljallangan bahs muddatidan oldin yakunlandi.
Hamyurtimiz uchrashuvning ikkinchi raundidayoq raqibini kuchli zarbalar evaziga nokautga uchratdi va hakam bahsni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, bu g‘alaba Javohir Ummataliyev uchun professional boksdagi ikkinchi muvaffaqiyat bo‘ldi.