O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Freestyle Chess Grand Slam Tour turniri yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
7 fevralda start oladigan musobaqa mukofot jamg‘armasi — 750 ming AQSh dollari.
Saralash bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Sindarov, shaxmat afsonasi Vishvanatan Anandning musobaqada ishtirok eta olmasligi sababli, uning o‘rnini egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirda Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi.