Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Javlonbek Umarxo‘jayev Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi

Javlonbek Umarxo‘jayev Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaroriga muvofiq, Javlonbek Umarxo‘jayev Uzbekistan Airports AJ boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ​Javlonbek Umarxo‘jayev 2023 yil 9 avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimida kompaniyaga rahbarlik qilayotgan edi.

U mehnat faoliyatini 2008 yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasida boshlagan. 2009—2018 yillarda MAK aviasiya xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

2018—2021 yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Toshkent-Sharq” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va texnik direktori lavozimlarida ishlagan. 2021—2023 yillarda Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining operasion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Kiritildi: 19:18 21.06.2024. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!