Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Jarimani to‘lashdagi imtiyozli muddat qanday qo‘llanishi kerak?

A A A
Jarimani to‘lashdagi imtiyozli muddat qanday qo‘llanishi kerak?

Agar "O‘zbekiston pochtasi" kamera va radarlar orqali aniqlangan jarimaga doir xabarnomani yetkazish xizmatini to‘xtatsa bundan oddiy haydovchi xalqi yana jabr ko‘rishi mumkin. Chunki jarimani o‘n besh kun ichmda 50 foiz, o‘ttiz kun ichida 70 foiz to‘lash imkoniyat bor. Agar bu muddat qonuniy o‘tib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

Bu holatda nima qilish kerak?

Demak, e’tibor beramiz: qonunchilikka ko‘ra, "huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risida qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki o‘ttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy to‘lsa, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod" etiladi.

Bu yerda "unga jarima solish to‘g‘risida qaror topshirilgan kundan boshlab" deyilmoqda, qaror chiqarilgan kundan emas.

Demak, huquqbuzar pochta orqalimi yoki kur’er orqalimi (qaror chiqarilgandan so‘ng bir oymi, ikki oymi farqi yo‘q) qaror uning qo‘liga topshirilganidan boshlab, muddatni hisoblash boshlanadi va imtiyozlar o‘sha muddat ichida amal qiladi.

Ayni vaqtda jarimani mobil va boshqa qurilmalar orqali onlayn to‘lash imkoniyati yaratilgan dasturlarda ham jarimani hisoblash tartibini ushbu talabga moslanishi kerak.

Mas’ullar ayniqsa, jarima qo‘llashga vakolatli shaxslar amaliyotda buni e’tiborga olishlari shart!

Kiritildi: 14:09 10.11.2023. O'qildi: 1492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!