Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qirg‘iziston va Turkiyaning jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun Turkiy Davlatlar Tashkilotining (TDT) maxsus kengashini tuzish bo‘yicha qo‘shma tashabbusini e’lon qildi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bu haqda norasmiy TDT sammitida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbus turkiy davlatlar o‘rtasida xalqaro kuzatuv va axborot almashinuvi uchun raqamli tizimni ishga tushirishni ko‘zda tutadi.
Japarov elektron imzolarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasining ahamiyatini ta’kidlab, uni turkiy davlatlar o‘rtasida yagona raqamli makon yaratish yo‘lidagi muhim qadam deb atadi.
Prezident VI Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari sentyabr oyida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tishini eslatdi va davlat rahbarlari va ularning delegasiyalarini bo‘lajak o‘yinlarda faol ishtirok etishga taklif qildi.