Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Japan Airlines aviakompaniyasi kiberhujumga uchradi

Japan Airlines aviakompaniyasi kiberhujumga uchradi

Japan Airlines aviakompaniyasi kiberhujumga uchragani va bu parvozlarga ta’sir qilishi mumkinligini ma’lum qildi.

"Biz kiberhujumga uchraganimizni tasdiqlaymiz va hozirda vaziyatni o‘rganmoqdamiz. Parvozlarda kechikishlar va bekor qilinish ehtimoli mavjud", — deya AFP'ga ma’lum qildi aviakompaniya vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aviakompaniya hodisa haqida hozircha batafsil ma’lumot bera olmaydi.

Kyodo agentligining xabar berishicha, nosozlik tufayli to‘qqizta ichki va bir nechta xalqaro reys kechiktirilgan. Japan Airlines, shuningdek, vaqtincha chipta savdosini to‘xtatishni rejalashtirmoqda.

Japan Airlines — Yaponiyaning All Nippon Airways dan keyin ikkinchi yirik aviakompaniyasi hisoblanadi.

Kiritildi: 09:33 26.12.2024. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!