Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

"Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog‘i hududidagi vishildoq-oqqushlar

A A A
"Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog‘i hududidagi vishildoq-oqqushlar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog‘i hududidagi "Sariqamish" ko‘lida vishildoq oqqushlar tasvirga olindi.

Vishildoq oqqush noyob tur hisoblanib, Tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Qizil ro‘yxatiga, O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan.

Bu qushlar, asosan, dengiz qirg‘oqlari, tashlama suv ko‘llari va suv omborlarida yashaydi. Bahorda, fevral – mart oylarida uchib o‘tadi. Qamishzorlar orasiga, qiya orollarga in quradi, may oyida 3 – 9 ta tuxum quyadi va 35 kun bosib yotadi. Polaponlari avgust – sentyabr oylarida ucha boshlaydi.

Kiritildi: 11:10 12.07.2023. O'qildi: 1787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!