Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti qarorgohini hafta oxirigacha tark etadi

A A A
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti qarorgohini hafta oxirigacha tark etadi

Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Yun Sok Yol Seulning janubiy qismidagi uyiga qaytadi, deb xabar beradi Yonhap agentligi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Janubiy Koreya Konstitusiyaviy sudi prezident Yun Sok Yolga nisbatan impichmentni tasdiqlagan edi. Shunday qilib, u nihoyat o‘z lavozimidan ozod qilindi.

“Yun hafta oxirigacha qarorgohni tark etishi kutilmoqda”, – dedi prezident ma’muriyati vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu juma va yakshanba kunlari orasida sodir bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, prezidentning xavfsizlik xizmati uning sobiq qarorgohida xavfsizlikni ta’minlash uchun 40 ga yaqin kishidan iborat guruh tuzib bo‘lgan.

Yun Sok Yolning uyi Seul janubidagi turar-joy majmuasida joylashgan. U 2022 yil may oyida inaugurasiya qilinganidan keyin u yerda 6 oy yashagan.

Yun Sok Yol va uning rafiqasi Kim Kon Xi boshqa joyga ko‘chib o‘tishni o‘ylashmoqda. Chunki ularning 11 ta uy hayvonlari – it va mushugi bor va qo‘riqchilarning borligi qo‘shnilariga biroz noqulaylik tug‘dirishi mumkin

“Er-xotinning to‘rt xonali kvartirasi bor”, – deb yozadi The Korean Herald.

Ularning uyi 37 qavatli binoda, 757 turar-joy va tijorat birliklari majmuasining bir qismi bo‘lib, 164 kvadrat metr maydonga ega. Prezident qarorgohiga ko‘chib o‘tishdan oldin, farzandsiz er-xotin u yerda yetti uy hayvonlari – to‘rtta it va uchta mushuk bilan yashagan.

Kiritildi: 09:33 11.04.2025. O'qildi: 941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!