Bugun 5 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreyaning Jeju Air aviakompaniyasiga tegishli yana bir samolyotda shassi bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi — Yonhap

Janubiy Koreyaning Jeju Air aviakompaniyasiga tegishli yana bir samolyotda shassi bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi — Yonhap

Agentlikning yozishicha, Chejudan uchgan samolyot ekipaji parvozdan ko‘p o‘tmay shassi bilan bog‘liq muammoni aniqlagan. Shu sababli uchuvchilar aeroportga qaytishga qaror qilgan.

"Mazkur reys 29 dekabr kuni halokatga uchragan samolyotga o‘xshash Boeing 737-800 modeli tomonidan amalga oshirilgan. Hodisa natijasida hech kim jarohat olmadi, samolyot muvaffaqiyatli ravishda uchish aeroportiga qaytib qo‘ndi", deb yozadi Yonhap.

Eslatib o‘tamiz, kecha Bangkokdan uchib kelgan Jeju Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot Muan aeroportiga qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan edi. Samolyot bortida 175 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan, ulardan 179 nafari halok bo‘ldi. Halokatga sabab shassi bilan bog‘liq nosozlik yoki qushlar bilan to‘qnashuv bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 22:16 30.12.2024. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!