Bugun 1 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Janubiy Koreyada nolegal bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga mamlakatdan chiqib ketish muddati uzaytirildi

Janubiy Koreyada nolegal bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga mamlakatdan chiqib ketish muddati uzaytirildi

Janubiy Koreyada noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar uchun “yashil yo‘lak” orqali mamlakatdan chiqib ketish muddati 2025 yilning 31 yanvarigacha uzaytirildi. Bu haqda Migrasiya agentligi xabar berdi.

Agentlikning Seuldagi vakolatxonasi va Koreya Adliya vazirligi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida imzolangan hujjatga ko‘ra, 30 noyabr kuni tugashi lozim bo‘lgan “yashil yo‘lak” loyihasi 2025 yilning 31 yanvargacha uzaytirildi. Ushbu mamlakatda noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar shu sanaga qadar “yashil yo‘lak”dan foydalanib erkin chiqib ketishi mumkin.

Koreyada noqonuniy ishlab, yashab yurgan shaxslar quyidagi miqdorda jarima to‘laydi:

  • 1 oydan kam bo‘lsa 1,000,000 von (716 dollar);
  • 1 oydan 3 oygacha 1,500,000 (1 074 dollar);
  • 3 oydan 6 oygacha 2,000,000 (1 432 dollar);
  • 6 oydan 1 yilgacha 4,000,000 (2 864 dollar);
  • 1 yildan 2 yilgacha 7,000,000 (5 012 dollar);
  • 2 yildan 3 yilgacha 10,000,000 (7 160 dollar);
  • 3 yildan 5 yilgacha 20,000,000 (14 321 dollar);
  • 5 yildan 7 yilgacha 25,000,000 (17 902 dollar);
  • 7 yildan ko‘p bo‘lsa 30,000,000 (21 482 dollar).
“Ko‘rsatilgan muddat ichida Koreyani ixtiyoriy tark etsangiz yuqoridagi jarimalardan ozod etilasiz, keyinchalik Koreyaga qayta kirishingiz yengillashadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu muddat tugaganidan so‘ng fuqaro Koreyada yana qoladigan bo‘lsa, Migrasiya agentligi tomonidan shartnoma bandlariga ko‘ra fuqaro yoki uning kafiliga nisbatan katta miqdorda jarima; (har bir oyi uchun 2000 dollar), Koreya tomonidan qayta kirishga taqiq qo‘llaniladi.

Shu sababli Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi Koreya Respublikasida faoliyat yuritayotgan fuqarolardan ushbu davlatning qonunchiligini buzmaslikni, yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida O‘zbekistonga qaytishlarini so‘radi.

Kiritildi: Bugun 10:32. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!