Seul metro tizimining operatori Seul metrosi kompaniyaning ishdan bo‘shatish rejalariga norozilik bildirish uchun payshanba kuni ikki kunlik ogohlantiruvchi ish tashlashni boshladi. Bu haqda Kazinform agentligi Korea Herald nashriga tayanib xabar beradi.
Seul metrosi kasaba uyushmasi norozilikni payshanba kuni ertalab soat 9 da boshladi. Ish tashlash juma kuni kechqurun soat 18:00 gacha davom etdi.
Seul metrosi yetishmovchilikni bartaraf etish uchun 2026 yilga kelib jami ishchi kuchini 2212 nafar yoki 13,5 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bunga kasaba uyushmasi norozilik bildirgan, biroq rahbariyat joriy yilda 383 kishini ishdan bo‘shatish kerakligini, qolganlari esa keyinroq muhokama qilinishini aytdi.
Kasaba uyushmasi xavfsizlik nuqtai nazaridan xodimlar soni yetarli bo‘lishini ta’minlash uchun kamida 276 nafar nafaqaga chiqqan xodimni almashtirishni taklif qildi. Biroq rahbariyat rad javobini berdi va muzokaralar to‘xtatildi.
Shu bilan birga, payshanba kuni mamlakat mehnat vaziri Li Chjon Sik ijtimoiy tarmoqlar orqali Seul metrosining o‘tgan yili yig‘ilgan defisit 17,68 trillion vonga (13,48 milliard AQSh dollari) yetganini tushuntirib, ish tashlashni to‘xtatishga chaqirdi.
Li ishchilar zarur davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun mas’ul ekanligini aytdi va ularni ishga qaytishlarini so‘radi.
Kasaba uyushmasi ikkinchi yildirki, norozilik aksiyasi o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Seul metrosida jami 9 ta yo‘nalish mavjud.