Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda harbiy holat joriy etilganini e’lon qildi.
Bu haqida Yonhap xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, prezident Yun Sok Yol tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan, shundan so‘ng unga nisbatan impichment jarayonini o‘tkazishga urinishlar tufayli hokimiyat falaj bo‘lish xavfi borligini ma’lum qilgan.
Prezident, shuningdek, mamlakat muxolifatini parlamentni nazorat qilishda, Shimoliy Koreyaga xayrixohlikda va hukumatni davlatga qarshi harakatlar qilishda aybladi.
Yun Sok Yol bu qadamni "mamlakat konstitusiyaviy tuzumini himoya qilish uchun juda muhim", deb atadi.
"Prezidentning qarori Shimoliy Koreya bilan munosabatlarning keskinlashuvi bilan emas, balki ichki siyosiy janjallar bilan bog‘liq", deya qo‘shimcha qildi Yonhap.