Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Janubiy Koreya Xitoyning Sariq dengizdagi harakatlaridan xavotirda

Janubiy Koreya Xitoyning Sariq dengizdagi harakatlaridan xavotirda

Koreya Respublikasi hukumati Xitoyning Sariq dengizda ikki davlatning eksklyuziv iqtisodiy zonalari kesishgan hududda kemalar o‘tishini taqiqlash qaroridan xavotirda.

Bu haqda Janubiy Koreya TIVga iqtibos keltirgan holda Yonhap agentligi xabar berdi.

"Kemalar o‘tishi taqiqlangan hududning "o‘tish choralari zonasi" ichida belgilanishi kemachilik erkinligiga ortiqcha cheklovlar qo‘yishi sababli xavotir uyg‘otadi," - deyiladi Seulda.

Janubiy Koreya tomoni o‘z pozisiyasini diplomatik kanallar orqali Pekinga yetkazdi. Agentlikning ta’kidlashicha, Koreya Respublikasi rasmiylari bunday xatti-harakatlar xalqaro dengiz huquqi me’yorlarini buzmasligini tekshirish niyatida.

Kiritildi: 06:27 25.05.2025. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!