Bugun 6 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Janubiy Koreya prokuraturasi ikki qo‘mondonni parlamentga qo‘shin kiritish va boshqa jinoyatlarda ayblamoqda

Janubiy Koreya prokuraturasi ikki qo‘mondonni parlamentga qo‘shin kiritish va boshqa jinoyatlarda ayblamoqda

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi aksilrazvedka byurosi rahbari Yo In Xyon va poytaxt mudofaa qo‘mondonligi rahbari Li Jin Vu 3 dekabr kuni prezident Yun Sok Yol tomonidan e’lon qilingan harbiy holatga aloqadorlikda gumonlanmoqda. Mamlakat prokuraturasi 31 dekabr kuni ikki mansabdorga nisbatan ayblov e’lon qildi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.

Avvalroq sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyonga nisbatan ayblovlar ilgari surilgan edi.

Eo In Xyon o‘sha paytdagi mudofaa vaziri buyrug‘i bilan 3 dekabr kuni harbiy holat joriy etilganidan keyin parlament va Milliy saylov komissiyasiga qo‘shin yuborganlikda gumon qilinmoqda. Unga qo‘yilgan ayblovlar orasida 14 kishini, jumladan, asosiy muxolif partiyalar yetakchilarini hibsga olishga buyruq berish ham kiradi.

Li Jin Vu esa parlamentga qo‘shin kiritishga buyruq berganlikda va deputatlarni hibsga olganlikda ham ayblanmoqda.

“Prokurorlar qo‘mondonlarning xatti-harakatlari konstitusiyaviy tuzumni ag‘darishga qaratilgan tartibsizliklarni qo‘zg‘ashdan iborat bo‘lgan deb gumon qilmoqda”, deb yozadi Yonhap.
Kiritildi: 09:59 01.01.2025. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!